"Lids" rahbariyati "Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Mixail Mudrikka bo‘lgan qiziqishini susaytirmayapti. Bu haqda insayder Ben Jeykobs xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Lids" futbolchi transferi bo‘yicha yangi taklif bilan chiqishi mumkin. Avvalroq klublar ukrainalik futbolchini ijaraga olish masalasida muzokara olib borgan, ammo kelishuvga erisha olmagan.
Mudrikning o‘zi esa Fransiyaning "Strasburg" klubiga o‘tish varianti mavjud bo‘lishiga qaramay, faoliyatini Angliyada davom ettirishni istamoqda.
Shuningdek, futbolchiga APLning yana bir nechta klubi qiziqish bildirmoqda, ammo ularning nomlari hozircha ochiqlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, Mixail Mudrik taqiqlangan moddalar iste’moli bilan bog‘liq holat sabab uzoq muddatli diskvalifikasiyani o‘tab bo‘lgan.













