"Monako" markaziy yarim himoyachisi Lamin Kamara yaqin vaqt ichida "Chelsi" safiga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 22 yoshli senegallik futbolchi transferi bo‘yicha "Monako" bilan olib borilayotgan muzokaralarda jiddiy ilgarilashga erishgan.
"Chelsi" bitimni shu dam olish kunlarida yakunlashga umid qilmoqda. Shu sabab Kamara "Monako"ning "Marsel"ga qarshi navbatdagi uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Joriy mavsumda Lamin Kamara barcha musobaqalarda 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.













