Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

APL 2-turi: bugungi to‘rt uchrashuv anonsi

APL 2-turi: bugungi to‘rt uchrashuv anonsi

Baho:
+ | -

Yakshanba, 30 avgust kuni Angliya Premyer-ligasi 2-turi doirasida yana to‘rtta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Quyida ushbu bahslar oldidan asosiy statistik ma’lumotlar va jamoalardagi so‘nggi holat bilan tanishishingiz mumkin.

"Chelsi" — "Brayton"

18:00

"Chelsi" Premyer-ligadagi so‘nggi yetti mavsumda o‘zining ilk uy uchrashuvida faqat bir marta g‘alaba qozongan. Bu 2021/22 yilgi mavsumda "Kristal Pelas" ustidan 3:0 hisobidagi g‘alaba edi. Qolgan o‘yinlarda londonliklar 4 marta durang o‘ynab, 2 marta mag‘lub bo‘lgan.

"Brayton" esa chempionatdagi so‘nggi 13 uchrashuvidan 8 tasida g‘alaba qozongan, 1 marta durang o‘ynab, 4 bor yutqazgan. Bungacha bo‘lgan 13 o‘yinda jamoa atigi bitta g‘alaba qayd etgan edi.

Shuningdek, "Brayton" Premyer-ligada "Chelsi"ga qarshi so‘nggi uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan va har safar raqib darvozasiga aniq 3 tadan gol urgan.

"Chelsi" safida Moyses Kaysedo jarohatdan keyin asosiy tarkibga qaytishi mumkin. Marko Palestra va Jordan Xenderson hamon jarohat sabab maydonga tusha olmaydi. Vesle Fofana yana jamoaga yordam berishga tayyor. Enso Fernandesning esa transfer masalasi hal bo‘layotgani sabab qaydnomaga kiritilishi dargumon.

"Brayton" yarim himoyachisi Jek Xinshelvudning holati o‘yin oldidan baholanadi. Yankuba Minte, Kaoru Mitoma, Stefanos Simas va Evan Fergyuson esa jarohatlarini davolashda davom etmoqda.

"Lids" — "Brentford"

18:00

2025 yil dekabr oyidan buyon Premyer-ligada faqat beshta jamoa "Lids"dan ko‘proq ochko jamg‘argan. "Oqlar" ushbu davrda 39 ochko to‘plagan.

"Brentford" esa yuqori diviziondagi so‘nggi 12 uchrashuvida atigi 2 marta mag‘lub bo‘lgan. Jamoa bu davrda 3 ta g‘alaba va 7 ta durang qayd etgan. Ikkala mag‘lubiyat ham safarda — "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinlarda kuzatilgan.

"Lids" chempionat doirasida "Brentford"ga qarshi o‘z maydonidagi so‘nggi sakkiz uchrashuvning birortasida ham mag‘lub bo‘lmagan — 3 ta g‘alaba va 5 ta durang.

"Lids" hujumchisi Vilfred Nyonto o‘yin oldidan fitnes-testdan o‘tadi. Darvozabon Lukas Perri esa yaqinda ijara asosida "Torino"ga ko‘chib o‘tdi.

"Brentford" yangi himoyachi Malik Diufni o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurdi. Sepp Van den Berg esa chov sohasidagi jarohat sabab maydonga tushmaydi.

"Sanderlend" — "Fulhem"

18:00

"Sanderlend" 1-turda "Ipsvich"ga qarshi uchrashuvda to‘pga 62 foiz egalik qilgan. Bu klubning bir yil avval Premyer-ligaga qaytganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.

"Fulhem" esa 2026 yilda safar o‘yinlarida hozirgi APL jamoalari orasida eng kam ochko to‘plagan — 7 ochko. Londonliklar safarda 1 marta g‘alaba qozonib, 4 marta durang o‘ynagan va 5 bor mag‘lub bo‘lgan.

"Sanderlend" Premyer-ligada "Fulhem"ga qarshi o‘z maydonidagi so‘nggi olti uchrashuvning birortasida ham g‘alaba qozona olmagan — 3 ta durang va 3 ta mag‘lubiyat.

"Sanderlend" vingeri Simon Adingra to‘pig‘idagi jarohatdan tiklanmoqda. Yangi futbolchi Dayann Metaili esa klubga diskvalifikasiya bilan kelgan.

"Fulhem" yarim himoyachisi Tom Kerni tizzasidagi kichik jarrohlik amaliyotidan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

"Manchester Yunayted" — "Ipsvich"

20:30

Maykl Karrik qo‘l ostida "Manchester Yunayted" Premyer-liga debyutantlariga qarshi hali birorta ham g‘alaba qozona olmagan — 1 ta durang va 2 ta mag‘lubiyat.

"Ipsvich" esa Angliya chempionati mavsumini ketma-ket ikki g‘alaba bilan boshlash natijasini klub tarixida to‘rtinchi marta qayd etishi mumkin. Bunga qadar jamoa 1974/75, 1980/81 va 1993/94 yilgi mavsumlarda shunday start olgan.

"Manchester Yunayted" chempionat doirasida "Ipsvich"ga qarshi o‘z maydonidagi so‘nggi sakkiz uchrashuvda mag‘lub bo‘lmagan — 6 ta g‘alaba va 2 ta durang. "Qizil iblislar" so‘nggi to‘rtta uy o‘yinini umumiy 18:2 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan.

"Manchester Yunayted"ning yangi futbolchisi Karlos Balebaning safga qaytishiga yana 2-3 hafta bor. Tom Xiton, Matteys de Ligt, Manuel Ugarte va Meyson Maunt ham jarohat sabab hozircha jamoaga yordam bera olmaydi.

"Ipsvich" safida esa Azor Matusiva va Florentinu Luish maydonga tushmaydi.

Kiritildi: 11:41, 30.08.2026.
O'qildi: 1074 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик