Kirish Ro'yxatdan o'tish

Bundesliganing eng tezkor futbolchisi APLga o‘tmoqda

Bundesliganing eng tezkor futbolchisi APLga o‘tmoqda

Baho:
+ | -

APL debyutanti "Xall Siti" Frankfurtning "Ayntraxt" klubi vingeri Jan-Matteo Baoyyani sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, yoz boshida "Arsenal"ga o‘tishi mumkinligi aytilgan 21 yoshli fransuz futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun "Xall"ga yo‘l olgan.

Baoyya "Ayntraxt" safida 78 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U "yo‘lbarslar"ning joriy transfer oynasidagi 13-xaridiga aylanishi kutilmoqda.

Fransuz futbolchisi hujum chizig‘ining bir nechta pozisiyasida harakat qila oladi, ammo asosan chap qanot vingeri sifatida to‘p tepadi.

Baoyya Bundesliga tarixida qayd etilgan eng yuqori tezlik rekordi sohibi ham hisoblanadi. U 2025 yil mart oyida "Boxum"ga qarshi uchrashuvda soatiga 37,16 kilometr tezlikka erishgan.

Kiritildi: 11:47, 30.08.2026.
O'qildi: 1826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик