Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Beshiktosh" "Barsa"ga rasmiy taklif yubordi

"Beshiktosh" "Barsa"ga rasmiy taklif yubordi

Baho:
+ | -

SPORT nashri jurnalisti Ivan San Antonio ma’lumotiga ko‘ra, Mark Kasado "Barselona"ni to‘liq transfer asosida tark etishga yaqin turibdi.

Ayni paytda Turkiyaning "Beshiktosh" klubi futbolchi uchun rasmiy taklif yuborgan va uni qo‘lga kiritish bo‘yicha eng jiddiy da’vogar hisoblanmoqda.

Shu bilan birga, Kasadoning o‘zi yakuniy qaror qabul qilishdan oldin Yevropadagi boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqchi.

Avvalroq "Barselona" futbolchi uchun 20 million yevro talab qilayotgan edi. Biroq transfer oynasi yopilishi yaqinlashib borayotgani sabab kataloniyaliklar o‘z talablarini qayta ko‘rib chiqishi va narxni pasaytirishi mumkin.

Kiritildi: 12:48, 30.08.2026.
O'qildi: 1624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик