Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Formula-1 chempioni Lando Norris “Maklaren” bilan shartnomasini uzaytirdi

Formula-1 chempioni Lando Norris “Maklaren” bilan shartnomasini uzaytirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Britaniyalik Lando Norris avtosportning “Formula-1” yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchi “Maklaren” jamoasi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi. Yangi kelishuv 2030-yil oxirigacha mo‘ljallangan.

“Bu mening uyim va yangi shartnoma imzolaganimdan juda xursandman. To‘qqiz yil avval bu yo‘lni boshlaganimda, oldimga aniq maqsadlar qo‘ygandim: jamoani yana yetakchi o‘rinlarga qaytarish va chempionliklarni qo‘lga kiritish. Biz bu maqsadga erishdik, biroq endi ko‘proq narsani xohlaymiz. G‘alaba qozonishda davom etmoqchimiz va jamoa sifatida bunga qodir ekanimizni bilamiz. Rulga qaytishni sabrsizlik bilan kutyapman. Mavsumning qolgan qismida ham, kelgusi yillarda ham bizni nimalar kutayotgani meni juda quvontirmoqda”, deydi Norris.

26 yoshli Norris 2017-yilda “Maklaren”ning yosh iqtidorlarni rivojlantirish dasturiga qo‘shilgan. U Formula-1 chempionatida 2019-yildan beri ishtirok etib kelmoqda. Britaniyalik pilot hisobida 13 ta g‘alaba, 18 ta poul va 48 ta podium natijasi mavjud. Norris 2025-yilda ilk bor Formula-1 bo‘yicha Jahon chempioniga aylangan.
Joriy mavsumda Norris 12 ta bosqich yakunlariga ko‘ra 159 ochko jamg‘argan holda pilotlar reytingida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 13:59, 30.08.2026.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик