Kirish Ro'yxatdan o'tish

Timber «Kristal Pelas» bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishdi

Timber «Kristal Pelas» bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishdi

Baho:
+ | -

«Marsel» yarim himoyachisi Kvinten Timber «Kristal Pelas» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda GFFN xabar berdi.

«Marsel» yoz davomida moliyaviy vaziyat sabab bir qator futbolchilarini sotishga majbur bo‘ldi. Transfer oynasining so‘nggi kunlarida klub yana bir nechta o‘yinchi bilan xayrlashishga yaqin turibdi.

Timber «Marsel» safiga yanvar oyida qo‘shilgan. U o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Jamoa bosh murabbiyi Bruno Jenezio yarim himoyachini saqlab qolishni istagan, biroq klubning moliyaviy holati talab yuqori bo‘lgan futbolchilarni jamoada ushlab qolish imkonini cheklamoqda.

Ayni paytda «Kristal Pelas» transfer summasi bo‘yicha «Marsel» bilan hali kelishib olishi kerak. Transfermarkt portali Timberning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 18:07, 30.08.2026.
O'qildi: 1048 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик