Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va Angliya terma jamoasi ustozi Tomas Tuxel Angliya chempionatidagi «Chelsi» — «Brayton» uchrashuvini birga kuzatmoqda.
Mutaxassislar «Stemford Bridj» stadionida yonma-yon joylashib, jamoalar o‘yinini tomosha qilmoqda.

Qayd etish joiz, Anchelotti ham, Tuxel ham o‘z vaqtida «Chelsi»ni boshqargan.
«Chelsi» va «Brayton» Londondagi uchrashuvni o‘tkazmoqda. Birinchi bo‘lim o‘rtasiga kelib, «Chelsi» raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilib, ishonchli ustunlikka ega bo‘lgan.













