Kirish Ro'yxatdan o'tish

Brunu Fernandesh: «O‘z maydonimizda xet-trik qayd etish — ajoyib»

Brunu Fernandesh: «O‘z maydonimizda xet-trik qayd etish — ajoyib»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» kapitani Brunu Fernandesh APLning ikkinchi turida «Ipsvich» ustidan 5:2 hisobidagi g‘alabani sharhladi. Portugaliyalik futbolchi xet-trik qayd etdi.

«Gol urish — futboldagi eng yaxshi his. O‘z maydonimizda xet-trik qayd etish — ajoyib va men bundan juda faxrlanaman. Jamoaga o‘yinlarda g‘alaba qozonishga yordam berish uchun gol urishim kerak. Bugun buni uddaladim. Umid qilamanki, bundan keyin ham ko‘proq gol uraman va sheriklarimga gol urishda yordam berishda davom etaman», — deya futbolchining so‘zlarini Sky Sports keltiradi.

«Bu g‘alaba biz uchun juda muhim. O‘tgan haftada uch ochko yo‘qotgandik, shuning uchun bugun xuddi shuncha ochko olishimiz va yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerak edi. Ikkinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadik. Tanaffusgacha gol urish muhim edi. Bu bizga ishonch berdi va bungacha qilgan ishlarimizning barchasi ham yomon bo‘lmaganini ko‘rsatdi».

«MYU» 3 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi uchrashuvini 6 sentyabr kuni «Everton»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 03:32, 31.08.2026.
O'qildi: 540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик