«Napoli» hujumchisi Rasmus Xyoylund «Komo»ga qarshi o‘z maydonida 1:2 hisobida boy berilgan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
Daniyalik futbolchi 30-daqiqada hisobni tenglashtirdi, ammo 34-daqiqada mehmonlar yana oldinga chiqdi va neapolliklar bunga javob qaytara olmadi.
«O‘tgan mavsumda Konte mening darvozaga orqa o‘girib harakat qilishimga juda katta e’tibor qaratgandi, Allegri qo‘l ostida esa o‘zimni ancha erkin his qilyapman. Umid qilamanki, shunday gollarni urishda davom etaman.
Albatta, biz rivojlanishda davom etishimiz kerak, jumladan hujumda ham — bizda xavfli vaziyatlar unchalik ko‘p bo‘lmadi. Ammo oldinda butun mavsum bor, biz hali yuqori o‘rinlar uchun kurasha olamiz», — dedi Xyoylund DAZN telekanaliga bergan intervyusida.
«Napoli» yangi mavsumdagi A Seriyaning ikki turidan so‘ng 3 ochko jamg‘argan.













