Kirish Ro'yxatdan o'tish

Amorim «Milan»da «Manchester Yunayted»ning qimmat futbolchisini ko‘rishni istamoqda

Amorim «Milan»da «Manchester Yunayted»ning qimmat futbolchisini ko‘rishni istamoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» markaziy himoyachisi Leni Yoro «Milan» qiziqish doirasiga tushdi.

Transfer News Live Tuttosport nashriga tayanib xabar berishicha, «rossonerilar» asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan 20 yoshli futbolchining vaziyatini kuzatmoqda. Italiya grandi bosh murabbiyi Ruben Amorim «Manchester Yunayted»da birga ishlagan davridan buyon fransiyalik futbolchining iqtidorini yuqori baholaydi.

Leni Yoroning qiymati 50 million yevroga baholanmoqda. Ehtimoliy transfer amalga oshishida futbolchi manfaatlarini himoya qilayotgan agent Jorje Mendesh muhim rol o‘ynashi mumkin.

«Manchester Yunayted» Yoroni 2024 yil yozida «Lill»dan 62 million yevroga sotib olgan. Markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 03:59, 31.08.2026.
O'qildi: 1456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик