Marokashlik futbolchi Sofyan Amrabat kutilmaganda Amsterdamning «Ayaks» klubiga o‘tdi. Yangi jamoasi futbolchisi sifatida bergan ilk intervyusida u bu qarorni qanday qabul qilganini tushuntirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uni Jordi Kroyf ko‘ndirgan.
«Menga xabar keldi: “Senda hali ham bu raqam bormi?”. Men qaradim, avatarda Jordining suratini ko‘rdim va: “Sen Jordi Kroyffmisan?” deb javob berdim. Hozirgi zamonda hech qachon aniq ishonch hosil qila olmaysiz. U darhol menga qo‘ng‘iroq qildi. Taxminan yarim soat juda yaxshi suhbatlashdik», — deya Amrabatning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Avvalroq Sofyan Amrabat 2022 yilgi Jahon chempionatidan keyin Angliyaning «Manchester Yunayted» klubida ham to‘p tepgan.













