Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Al-Hilol» Uotkinsni rasman transfer qildi

«Al-Hilol» Uotkinsni rasman transfer qildi

Baho:
+ | -

«Al-Hilol» «Aston Villa» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Olli Uotkinsni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. 30 yoshli hujumchi bilan uch yillik shartnoma imzolandi.

Avvalroq birmingemlik klub «Al-Hilol»ning Uotkins uchun 58,4 million yevro miqdoridagi so‘nggi taklifini qabul qilgani, shuningdek, bonuslar sifatida yana 2 million yevro to‘lanishi haqida xabar berilgan edi.

«Al-Hilol» Uotkinsni Karim Benzema o‘rniga transfer qildi. Saudiya klubi Benzema bilan hamkorlikni yakunlashga tayyor. Shuningdek, klub «Arsenal» vingeri Gabriel Martinellini 65 million yevro evaziga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

O‘tgan mavsumda Uotkins barcha musobaqalarda 55 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Angliya terma jamoasi safida hujumchi 2026 yilgi Jahon chempionatida ikki uchrashuvda maydonga tushdi.

«Al-Hilol» Pro-liganing dastlabki uch turida 9 ochko to‘pladi. Jamoa keyingi uchrashuvini 1 sentyabr kuni Simone Inzagi boshchiligida «Al-Ahli»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 06:03, 31.08.2026.
O'qildi: 1710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик