«Manchester Yunayted»ning chap qanot himoyachisi Lyuk Shou Angliya Premyer-ligasining 2-turidan o‘rin olgan «Ipsvich»ga qarshi uchrashuvdagi 5:2 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz bu o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart edi. O‘tgan hafta biz uchun ko‘ngilsiz o‘tdi va o‘zimizni oqlashimiz kerakligini bilardik.
Birinchi o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng jamoa juda yaxshi reaksiya ko‘rsatdi, yuqori sur’atni saqlab qoldik va erishgan natijamiz bilan cheklanmadik. Shu yo‘nalishda ishlashda davom etishimiz kerak», — dedi Shou Sky Sports nashriga bergan intervyusida.













