«Chelsi» «Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamarani tarkibiga qo‘shib olishga yaqin. Jurnalist Sasha Tavolyerining xabar berishicha, klublar senegallik futbolchining transferi bo‘yicha asosiy shartlarni kelishib olgan.
Unga ko‘ra, «ko‘klar» Kamara uchun bonuslarni hisobga olganda taxminan 45 million yevro to‘laydi. Tomonlar bitimni rasmiylashtirishdan oldin bir necha kichik masalani hal qilib olishi kerak.
Transfermarkt ekspertlari 22 yoshli futbolchining transfer qiymatini 40 million yevro deb baholamoqda. Kamara «Monako» safida barcha musobaqalar doirasida jami 75 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol va 11 ta golli uzatma qayd etgan. Senegal milliy terma jamoasi tarkibida esa yarim himoyachi 37 marta maydonga tushib, 5 ta gol va 4 ta assistga mualliflik qilgan.













