Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon

Mourinyo: "Xyoysen himoyada juda ishonchli harakat qilmoqda"

Mourinyo: "Xyoysen himoyada juda ishonchli harakat qilmoqda"

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo markaziy himoyachi Din Xyoysenning o‘yini haqida fikr bildirdi.

Yakshanba kuni 21 yoshli futbolchi «Malaga»ga qarshi uchrashuvda boshidan oxirigacha maydonda harakat qilib, «qaymoqranglilar»ning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi. 

«Menga Xyoysen yoqadi. U yarim himoyachilarga xos darajadagi aniq uzatmalar orqali hujumlarni boshlaydi, yakkakurashlarda g‘olib chiqadi va jamoadoshlariga ishonch bag‘ishlaydi. Uchrashuv boshida u xatoga yo‘l qo‘ydi, ammo shundan so‘ng maydonda to‘liq ustunlik qildi.

Men himoyada o‘z vazifasini yaxshi bajaradigan himoyachilarni afzal ko‘raman. Agar ular to‘p bilan ham chiroyli muomala qila olsa, yanada yaxshi. Xyoysen himoyada juda ishonchli harakat qilmoqda — hozir eng muhimi ham shu», — dedi Mourinyu matbuot anjumanida. (madriduniversal.com)

Kiritildi: 10:03, 31.08.2026.
O'qildi: 724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик