Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Jamal Musiala "Bavariya"ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi

Jamal Musiala "Bavariya"ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" yarim himoyachisi Jamal Musiala jamoaning umumiy guruhida mashg‘ulotlarga qaytdi.

Avvalroq 23 yoshli futbolchi ketma-ket ikki uchrashuvda o‘zini yomon his qilib, tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan va maydonni tark etgan edi. Keyinchalik Musiala unga nevrologik disfunksiya sabab yuzaga keladigan qisqa muddatli, ammo davolash mumkin bo‘lgan absanslar tashxisi qo‘yilganini ma’lum qilgan.

Shu sababli futbolchi Dortmundning "Borussiya"siga qarshi Germaniya Superkubogi bahsini (2:1), shuningdek, Bundesliganing 1-turidagi "Shtutgart"ga qarshi uchrashuvni (5:1) o‘tkazib yuborgan.

Jurnalist Kerri Xau ma’lumotiga ko‘ra, Musiala yakshanba kuni "Bavariya"ning umumiy guruhida to‘liq mashg‘ulot o‘tkazdi.

Biroq uning Germaniya kubogining 1-bosqichida "Osnabryuk"ka qarshi o‘yinda ishtirok etishi ehtimoli past. Myunxenliklar murabbiylar shtabi futbolchining maydonga qaytishiga shoshilmaslikni ma’qul ko‘rmoqda.

"Bavariya" — "Osnabryuk" uchrashuvi 2 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:07, 31.08.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик