Londonning «Tottenxem» klubi «Milan» vingeri Kristian Pulishichni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «shporlar» 27 yoshli amerikalik futbolchi bo‘yicha Italiya klubiga allaqachon so‘rov yuborgan. Katta ehtimol bilan «Tottenxem» «Manchester Siti»ga o‘tishni afzal ko‘rgan Kodi Gakpo transferi amalga oshmaganidan so‘ng boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
Joriy mavsumda Pulishich Italiya A Seriyasining dastlabki ikki uchrashuvida maydonga tushmadi. O‘tgan mavsumda esa yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Pulishichning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













