Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Manchester Siti» Enso bilan kelishdi, ammo «Chelsi»ga taklif hali yo‘q

«Manchester Siti» Enso bilan kelishdi, ammo «Chelsi»ga taklif hali yo‘q

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning argentinalik yarim himoyachisi Enso Fernandes «Manchester Siti»ga ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlar fonida ketma-ket ikkinchi uchrashuvni o‘tkazib yubordi.

Avvalroq «Manchester Siti» Fernandes bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» hozircha futbolchi uchun rasmiy taklif olmagan. Shu bilan birga, Angliyada transfer oynasining so‘nggi kuni — 1 sentyabr.

Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» Fernandesni «Manchester Siti»ga qo‘yib yuborishga tayyor, ammo buning uchun 140 million yevro miqdoridagi taklifni kutayotgani aytilmoqda.

Transfermarkt portali mutaxassislari 25 yoshli yarim himoyachining bozor qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 13:57, 31.08.2026.
O'qildi: 852 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик