AQSH milliy terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun «Monako»ni tark etib, faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga «Everton» qiziqish bildirmoqda.
Insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Liverpul klubi amerikalik hujumchining transferi bo‘yicha «Monako»ga rasmiy taklif yuborgan. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Folarin Balogun 2023 yil avgust oyidan buyon «Monako» sharafini himoya qilib kelmoqda. 25 yoshli hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Balogunning bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.













