«Barselona»ning qanot himoyachisi Alexandro Balde «Manchester Yunayted»ga o‘tmaydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» 22 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishini susaytirgan. Manchester klubi ehtimoliy transferni moliyaviy jihatdan juda qimmat deb hisoblagan.
Balde yangi mavsumda hozircha biror marta maydonga tushgani yo‘q. Ispaniyalik himoyachining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Alexandro Baldening bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.













