Kirish Ro'yxatdan o'tish

Osimxenga «kosmik» taklif bo‘lmasa, u «Galatasaroy»ni tark etmaydi

Osimxenga «kosmik» taklif bo‘lmasa, u «Galatasaroy»ni tark etmaydi

Baho:
+ | -

«Galatasaroy»ning nigeriyalik hujumchisi Viktor Osimxenning yaqin kelajagi haqida yangi ma’lumot paydo bo‘ldi.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, Osimxen Turkiyada o‘zini juda baxtli his qilmoqda va «Galatasaroy» safida o‘ynashni davom ettirishni istaydi. Klubning o‘zi ham futbolchini sotish variantini ko‘rib chiqmayapti.

Qayd etilishicha, agar Osimxen uchun favqulodda katta miqdordagi taklif tushmasa, u «Galatasaroy»da qoladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hujumchiga Saudiya Arabistoni klublari, Angliya Premyer-ligasi va boshqa mamlakatlar jamoalari qiziqish bildirgan edi.

Yangi mavsumda 27 yoshli Osimxen Turkiya chempionatida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:51, 31.08.2026.
O'qildi: 953 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик