«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand Lisandro Martinesni to‘p bilan muomala qilish borasida dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri deb atadi.
Kecha «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasi 2-turi doirasida o‘z maydonida «Ipsvich»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi.
«Martines haqida alohida to‘xtalmoqchiman. Biz ikkita gol o‘tkazib yubordik, ammo men uning to‘p bilan ishlash mahorati haqida gapirishni istayman. Hozirgi paytda Lisandro to‘p bilan muomala qilish bo‘yicha dunyodagi barcha markaziy himoyachilardan yaxshiroq, deb aytgan bo‘lardim.
Men pas orqali raqib chizig‘ini undan yaxshiroq yorib o‘tadigan, pressing ostida xotirjam harakat qiladigan va to‘pni oldinga olib chiqa oladigan boshqa futbolchini eslashga harakat qilyapman. Shuningdek, tor hududlarda to‘pni olib qo‘yish va vaziyatni nazorat qilishda ham Martines bilan tenglashish qiyin. U to‘p bilan fenomenal darajada harakat qildi — haqiqiy top-futbolchilar darajasida», — dedi Ferdinand Rio Ferdinand Presents podkastida.













