«Augsburg» «Bavariya»ning chap qanot vingeri Ariyon Ibragimovichni o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar bugun, 31 avgust kuni 20 yoshli germaniyalik futbolchining ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitimda Ibragimovichni keyinchalik sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.
Futbolchining tibbiy ko‘rigi kunning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan.
Ibragimovich 2018 yil iyul oyidan buyon «Bavariya»ga tegishli. U avvalroq «Frozinone», «Lasio» va «Xaydenxaym» klublarida ijara asosida to‘p tepgan.
O‘tgan mavsumda Ibragimovich «Xaydenxaym» safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













