Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Yuventus» va «Atletiko» Jonatan Devid transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

«Yuventus» va «Atletiko» Jonatan Devid transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Jonatan Devid faoliyatini «Atletiko»da davom ettiradi.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Madrid klubi 26 yoshli kanadalik futbolchining transferi bo‘yicha turinliklar bilan kelishuvga erishgan.

Devid «Atletiko» safiga ijara asosida o‘tadi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Ispaniya klubi hujumchining maoshining yarmidan ko‘proq qismini o‘z zimmasiga oladi.

Kanadalik futbolchi 2025 yil yozidan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda. U «Lill» bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng Turin klubiga erkin agent sifatida qo‘shilgan va 2030 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Devid «Yuventus» safida jami 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 17:31, 31.08.2026.
O'qildi: 647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик