Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Fiorentina» «Lids» hujumchisini qo‘lga kiritadi

«Fiorentina» «Lids» hujumchisini qo‘lga kiritadi

Baho:
+ | -

«Fiorentina» Villi Nyonto transferi bo‘yicha «Lids Yunayted» bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik hujumchi seshanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bitim ijara shaklida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, «Lids» kelishuvga «Fiorentina» uchun futbolchini kelasi yozda to‘liq sotib olish huquqini kiritishga rozi bo‘lgan.

Ijara davri mobaynida 22 yoshli Nyontoning maoshini «Fiorentina» to‘liq to‘laydi.

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng aynan shunday format ma’qullangan: bu Nyontoga Italiya futboliga qaytish imkonini beradi, «Fiorentina» esa futbolchini bir mavsum davomida kuzatib, keyin uni to‘liq xarid qilish-qilmaslik bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Kiritildi: 17:36, 31.08.2026.
O'qildi: 699 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик