«Liverpul» «Sent-Etyen» hujumchisi Jilyan N’Gessan transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berib, transferni o‘zining an’anaviy «Here we go» iborasi bilan tasdiqladi.
18 yoshli fransiyalik hujumchi «Liverpul» safiga 2027 yil yozida qo‘shiladi. Shuningdek, futbolchining o‘zi bilan ham shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Mersisaydliklar N’Gessanni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun ruxsat olgan. Endi transferni rasmiylashtirish bilan bog‘liq yakuniy jarayonlar amalga oshirilishi kutilmoqda.
N’Gessan 2024/25 va 2025/26 yilgi mavsumlarda «Sent-Etyen» asosiy jamoasi safida jami 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
U, shuningdek, Fransiyaning U-20 terma jamoasi sharafini himoya qiladi va istiqbolli yosh hujumchilardan biri sifatida baholanmoqda.













