Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona 2-0 Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Ndombele «Marsel» bilan kelishib oldi, ammo transfer uchun bir shart bor

Ndombele «Marsel» bilan kelishib oldi, ammo transfer uchun bir shart bor

Baho:
+ | -

Erkin agent maqomidagi Tanguy Ndombele «Marsel» bilan ehtimoliy transfer bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda After Foot dasturi ishtirokchisi Valid Asherchur xabar berdi.

29 yoshli yarim himoyachi «Nissa»ni tark etganidan so‘ng erkin agentga aylangan. Manba ma’lumotiga ko‘ra, u «Marsel» bilan allaqachon kelishuvga erishgan futbolchilardan biri hisoblanadi.

Biroq transfer hali kafolatlangan emas. Fransiya klubi yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin bir qator o‘yinchilar bilan xayrlashishi kerak. «Marsel» transfer oynasi yopilishi arafasida moliyaviy cheklovlarga duch kelmoqda.

Ndombeleni jamoa bosh murabbiyi Bruno Jenezio juda yaxshi biladi. Mutaxassis u bilan avval «Lion»da birga ishlagan.

«Marsel» joriy transfer oynasida hali birorta ham yangi futbolchi xarid qilmagan. Yakshanba kuni «Monako»dan 0:2 hisobida mag‘lub bo‘linganidan so‘ng klubdagi vaziyat yanada murakkablashgan.

Jenezio tarkibni kuchaytirishdan oldin ketishlar zarurligini ochiq aytdi: «Ehtimol, bir yoki ikki yangi futbolchi olish uchun uch-to‘rt nafar o‘yinchi jamoani tark etishi kerak».

Ndombele transferi ma’lum darajada tavakkalchilik ham hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda chov sohasidagi jarohat sabab atigi 13 ta uchrashuvda maydonga tushgan va muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan.

Asherchur ham futbolchining jismoniy holatiga savollar borligini ta’kidladi.

«Jenezio uni juda yaxshi ko‘radi. Ndombele o‘tgan yili «Nissa»da edi va hozir «Marsel» bilan kelishuvga ega. Lekin u hozir jismoniy va atletik jihatdan top darajada emas. Bunday futbolchilar yana optimal formaga qaytishi kerak», — dedi u.

Kiritildi: 18:32, 31.08.2026.
O'qildi: 432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик