Kirish Ro'yxatdan o'tish

Sarr transferi Gakponing kelajagini hal qilishi mumkin

Sarr transferi Gakponing kelajagini hal qilishi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Kodi Gakpo mersisaydliklar safida qolishi mumkin.

Taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» rahbariyati 27 yoshli niderlandiyalik futbolchining vakillariga, agar unga munosib o‘rinbosar topilmasa, jamoada saqlab qolinishini bildirgan.

Vaziyat ko‘p jihatdan «Kristal Pelas» vingeri Ismaila Sarrning ehtimoliy transferiga bog‘liq. «Liverpul» senegallik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish ustida ishlamoqda.

Avvalroq Gakpo «Manchester Siti» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani xabar qilingan edi. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi ham «Liverpul» uni sotmaslikka qaror qilsa, jamoada qolishga qarshi emas.

Gakpo «Liverpul» safida 2023 yil yanvardan buyon to‘p tepib kelmoqda. U mersisaydliklar safiga PSVdan ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 18:35, 31.08.2026.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик