Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Barkolya «Liverpul»ni tanlash sababini aytdi

Barkolya «Liverpul»ni tanlash sababini aytdi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning yangi futbolchisi Bredli Barkolya Angliya klubi bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Menga bu stadionda ikki marta o‘ynash nasib qilgan va o‘sha paytdagi muhitni, muxlislarning «Liverpul» futbolchilarini qanday qo‘llab-quvvatlashini ko‘rganman. «Liverpul» menga qiziqish bildirayotganini eshitganimda, menda hech qanday savol qolmadi. Bu juda katta klub ekanini yaxshi bilardim», — deya Barkolyaning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

31 avgust kuni «Liverpul» 23 yoshli fransuz hujumchisining transferini rasman e’lon qildi. Futbolchi mersisaydliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi va yangi jamoasida 29-raqam ostida to‘p tepadi.

Barkola bunga qadar, 2023 yildan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelgan.

Kiritildi: 18:43, 31.08.2026.
O'qildi: 1422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик