Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

«Brayton» nigeriyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi

«Brayton» nigeriyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

«Brayton» «Milluoll» hujumchisi Femi Azizni transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda va kelishuv yakunlanishiga yaqin qoldi.

25 yoshli futbolchi uchun «Brayton» avval ikki marta taklif bilan chiqqan, biroq «Milluoll» har ikki taklifni rad etgan.

Endi tomonlar umumiy qiymati 25 million funtga baholanayotgan transfer bo‘yicha kelishuvga yaqinlashgan: «Brayton» 15 million funt to‘laydi, shuningdek, «Milluoll»ga taxminan 10 million funtga baholanayotgan yosh futbolchisini ham beradi.

Ayni paytda «Brayton»ga o‘tishni istayotgan Aziz o‘tgan mavsum Chempionshipda 11 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Futbolchining «Milluoll» bilan shartnomasi tugashiga ikki yil qolgani bois, londonliklar uni hozir sotish orqali katta foyda olish imkoniyatiga ega. Klub Azizni 2024 yilda «Riding»dan atigi 1 million funtga sotib olgan edi.

Hozirda Aziz jarohati sabab maydonga tushmayapti, ammo uning yaqin orada safga qaytishi kutilmoqda.

Kiritildi: 19:37, 31.08.2026.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик