Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi fransuz hujumchisi Karim Benzema bilan shartnomani tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Al-Hilol» 38 yoshli futbolchiga jamoa safidagi ishtiroki, professionalligi, fidoyiligi va yetakchilik fazilatlari uchun minnatdorlik bildirdi hamda unga faoliyatining keyingi bosqichida muvaffaqiyat tiladi.
Benzema 2026 yil yanvar oyida «Al-Ittihod»dan ketganidan so‘ng «Al-Hilol» safiga qo‘shilgan edi. U jamoa tarkibida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fransuz futbolchisi faoliyati davomida «Lion» hamda Madridning «Real» klublari sharafini ham himoya qilgan.













