Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Jezus Kataloniyaga yetib bordi

Jezus Kataloniyaga yetib bordi

Baho:
+ | -

«Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus Kataloniyaga yetib bordi.

29 yoshli braziliyalik futbolchi yaqin vaqt ichida «Barselona»ga o‘tishini rasmiylashtirishi kutilmoqda.

Ispaniyalik jurnalist Viktor Navarro xabar berishicha, Jezus tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng «Barselona» bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Kataloniyaliklar futbolchining transferi uchun «Arsenal»ga 10 million yevro to‘laydi. Yana 5 million yevro turli bonuslar ko‘rinishida nazarda tutilgan. Jezusning «Barselona» futbolchisi sifatidagi taqdimoti seshanba yoki chorshanba kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.

Jezus 2022 yil yozida «Manchester Siti»dan «Arsenal»ga ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 19:54, 31.08.2026.
O'qildi: 1687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик