«Vest Xem» «Viking» vingeri Edvin Eustbyoni o‘z safiga qo‘shib oldi.
21 yoshli norvegiyalik futbolchi yangi klubi bilan «4+1» tizimidagi shartnoma imzoladi. The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, London klubi «Viking»ga transfer uchun 18 million funt to‘laydi.
Eustbyo «Viking» safida 78 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













