Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

A Seriya. «Atalanta» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga «Bolonya»ni mag‘lub etdi

A Seriya. «Atalanta» so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga «Bolonya»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Italiya chempionati — A Seriyaning 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Atalanta» o‘z maydonida «Bolonya»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Bergamoda bo‘lib o‘tgan bahs uzoq vaqt davomida golsiz kechdi. Jamoalarning urinishlariga qaramay, asosiy vaqt yakunlangunga qadar hisob ochilmadi.

Uchrashuv taqdirini Lazar Samarjich hal qildi. U 90+6-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Atalanta»ga muhim uch ochko keltirdi.

Shu tariqa, Bergamo klubi mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 6 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

«Bolonya» esa 2026/27 yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi. Jamoa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi va hozircha ochko jamg‘ara olmay, turnir jadvalining 15-pog‘onasida bormoqda.

3-turda «Bolonya» o‘z maydonida «Sassuolo»ni qabul qiladi. «Atalanta» esa navbatdagi uchrashuvini «Roma»ga qarshi o‘tkazadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:39, 01.09.2026.
O'qildi: 706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик