«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Aston Villa»ga qarshi o‘yindan keyin (1:0) zaxiradan maydonga tushgan Eberechi Eze va Ezri Konsaning harakatlarini yuqori baholadi.
«Eberechi g‘alaba goliga olib kelgan epizodni yaratdi. Ezri ham juda ishonchli va xotirjam harakat qildi, har bir qarorni to‘g‘ri qabul qildi. Men ularning barchasidan juda mamnunman», — dedi Arteta.













