Kirish Ro'yxatdan o'tish

Anri: «Hozir «Arsenal»ga raqobat qila oladigan jamoani ko‘rmayapman»

Anri: «Hozir «Arsenal»ga raqobat qila oladigan jamoani ko‘rmayapman»

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq hujumchisi Tyerri Anri londonliklarning Angliya Premyer-ligasida ketma-ket ikkinchi bor chempion bo‘lishiga ishonch bildirdi.

«Kanonirlar» yangi mavsumni ikki «quruq» g‘alaba bilan boshladi. Dastlab «Koventri» 3:0 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa, keyingi turda «Aston Villa» 1:0 hisobida yengildi.

«Hozirgi «Arsenal» nimalarga qodir ekanini ko‘rib turibsiz. Albatta, kelajakda nima bo‘lishini hech qachon aniq aytib bo‘lmaydi.

Ayni paytda «Arsenal» bilan tengma-teng raqobatlasha oladigan jamoani ko‘rmayapman. Hatto «Manchester Siti»ning yaqinda «Kristal Pelas» ustidan ishonchli g‘alaba qozonganiga qaramay, fikrim o‘zgargani yo‘q.

Hozirgi holat «Arsenal»ning muvaffaqiyatiga ishonch uyg‘otmoqda. Lekin o‘tgan yilni ham yaxshi eslayman. O‘shanda hamma «Liverpul» bilan raqobatlashish juda qiyin bo‘ladi, deb o‘ylagandi, keyin esa ularning ishlari izdan chiqdi», — dedi Anri.

Sobiq futbolchining so‘zlarini Arsenal Radar keltirdi.

Mikel Arteta boshchiligidagi «Arsenal» 6 sentyabr kuni APLning navbatdagi turida o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 03:12, 01.09.2026.
O'qildi: 755 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик