Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Emeri: «Arsenal» — Premyer-liga g‘olibligi uchun favorit»

Emeri: «Arsenal» — Premyer-liga g‘olibligi uchun favorit»

Baho:
+ | -

«Aston Villa» Angliya Premyer-ligasining 2-turida o‘z maydonida «Arsenal»ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Biroq jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri shogirdlarining o‘yinidan qoniqish hosil qilganini ta’kidladi.

«Biz mag‘lub bo‘ldik. Lekin yaxshi o‘ynadik. Ular Premyer-ligada g‘olib chiqish uchun favoritlardan biri, biz esa hali jamoani shakllantirishga harakat qilyapmiz.

Shunga qaramay, ko‘plab ijobiy jihatlar bor. Bugun oldinga tashlangan birinchi qadamni ko‘rdim va buning o‘zi yaxshi», — dedi Emeri.

Mutaxassisning so‘zlarini BBC Sport keltirgan.

«Aston Villa» joriy mavsumda hali gol ura olgani yo‘q. Keyingi turda jamoa safarda «Xall Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 04:07, 01.09.2026.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик