Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Flik yirik g‘alabadan so‘ng «Barselona»ning kamchiliklarini aytdi

Flik yirik g‘alabadan so‘ng «Barselona»ning kamchiliklarini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liga doirasida «Rayo Valyekano» ustidan qozonilgan 5:2 hisobidagi yirik g‘alabadan so‘ng jamoasi o‘yiniga baho berdi.

Nemis mutaxassisi hisobda katta ustunlikka ega bo‘lgan paytda ham jamoa o‘yin nazoratini saqlab qolishi kerakligini ta’kidladi.

«Bugun bizga oson bo‘lmadi. Oldinda hali juda ko‘p o‘yinlar bor va hatto hisob 3:1 bo‘lib turganida ham bahsni nazorat qilishni o‘rganishimiz kerak.

Futbolchilarning imkon qadar ko‘proq gol urishga intilishi yaxshi, albatta. Lekin shu bilan birga o‘yin nazoratini saqlab qolish ham juda muhim», — dedi Flik.

«Barselona» ustozi birinchi bo‘limdagi o‘yin va jamoaning o‘tkazib yuborilgan dastlabki golga munosabatidan mamnunligini ham bildirdi.

«Birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdik. Birinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan keyin jamoa qanday javob qaytarganidan mamnunman.

Shu bilan birga, standart vaziyatlardagi o‘yinimizni yaxshilashimiz kerak, deb hisoblayman. Bu borada o‘sishimiz uchun hali imkoniyat juda katta», — dedi mutaxassis.

Flikning so‘zlarini Barca Universal keltirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Barselona» uch turda 9 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida yana peshqadamlikka qaytdi.

Kiritildi: 04:11, 01.09.2026.
O'qildi: 902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик