Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Ferdinand Lyuk Shouni himoya qildi

Ferdinand Lyuk Shouni himoya qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand Pol Skoulzning Lyuk Shou manziliga aytgan tanqidiy fikrlariga munosabat bildirdi.

«Qizil iblislar» futbolchisi Angliya Premyer-ligasining 2-turida «Ipsvich»ga qarshi 5:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda himoyada unchalik ishonchli harakat qila olmadi.

«So‘nggi bir yil davomida Lyuk Shou jamoamizning eng barqaror futbolchilaridan biri bo‘ldi. Bitta omadsiz o‘yin men uchun hech narsani o‘zgartirmaydi», — dedi Ferdinand.

Shu bilan birga, sobiq futbolchi «Manchester Yunayted» Shouning pozisiyasiga yangi o‘yinchi olib kelishi kerakligini ham ta’kidladi.

«Lyuk Shouning kelajakdagi o‘rinbosari bo‘la oladigan chap qanot himoyachisini sotib olish kerak. Uni asta-sekin shu rolga tayyorlash mumkin. Hozir tarkibimizda bunday futbolchi yo‘q», — dedi Ferdinand.

Mutaxassisning so‘zlarini Metro nashri keltirgan.

Ayni paytda «Manchester Yunayted» 3 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 04:15, 01.09.2026.
O'qildi: 584 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик