Angliya Premyer-ligasining 2-turida Londonning «Arsenal» klubi «Aston Villa»ni minimal hisobda mag‘lub etdi.
«Kanonirlar»ga g‘alaba uchun bitta golning o‘zi kifoya qildi. Shu tariqa, Mikel Arteta jamoasi APLdagi g‘alabali seriyasini yettita o‘yinga yetkazdi.
Ushbu seriyaning ikkita g‘alabasi joriy mavsumga, yana beshtasi esa o‘tgan mavsumning yakuniy qismiga to‘g‘ri keladi.
«Arsenal» so‘nggi bor 19 aprel kuni chempionat o‘yinida g‘alaba qozona olmagan. O‘shanda londonliklar Xosep Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Hozirgi yetti o‘yinlik g‘alabali seriya «Arsenal» uchun so‘nggi ikki yildan ortiq vaqt ichidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Jamoa bundan avval 2024 yil aprelidan avgust oyiga qadar Angliya chempionatida ketma-ket sakkizta uchrashuvda g‘alaba qozongan edi.













