Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

De Ron «Roma» futbolchisi sifatidagi ilk kuniyoq uzr so‘rashga majbur bo‘ldi

De Ron «Roma» futbolchisi sifatidagi ilk kuniyoq uzr so‘rashga majbur bo‘ldi

Baho:
+ | -

Belgiyalik yarim himoyachi Marten de Ron «Roma» futbolchisi sifatida tanishtirilganidan so‘ng klub muxlislaridan uzr so‘radi.

Bunga 2023 yilda sodir bo‘lgan voqea sabab bo‘ldi. O‘sha paytda «Roma» va «Feyenoord» Yevropa ligasida o‘zaro to‘qnash kelgan, de Ron esa ijtimoiy tarmoqda rimliklar muxlislariga qaratilgan haqoratomuz ishora aks etgan postni e’lon qilgan edi.

Futbolchi o‘tmishda «Feyenoord» safida to‘p tepgani uchun o‘sha qarama-qarshilikda Rotterdam klubini qo‘llab-quvvatlagan.

Endi esa «Roma»ga o‘tgan de Ron o‘sha harakati uchun afsusda ekanini bildirib, muxlislardan kechirim so‘radi.

«Men ijtimoiy tarmoqlardan juda ko‘p foydalanaman va u yerda do‘stlarim bilan turli narsalarni bo‘lishaman. Ammo o‘sha safar me’yordan oshib ketganim aniq. Endi barcha muxlislardan uzr so‘ramoqchiman», — dedi de Ron.

Uning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.

Marten de Ron bunga qadar «Atalanta» safida to‘p tepib kelgan.

Kiritildi: 04:19, 01.09.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик