Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dele Alli Italiyaga qaytishi mumkin

Dele Alli Italiyaga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Dele Alli yana Italiya chempionatiga qaytishi mumkin.

Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli hujumkor yarim himoyachining xizmatlari A Seriyaning yangi ishtirokchisi «Monsa»ga taklif qilingan.

Hozircha Italiya klubining ushbu variantga qanchalik jiddiy qiziqish bildirayotgani ma’lum emas.

Dele Alli bir yildan buyon klubsiz qolmoqda. Uning so‘nggi jamoasi «Komo» bo‘lgan.

Angliyalik futbolchi «Komo» safida atigi bitta uchrashuvda maydonga tushgan. U 2025 yil mart oyida «Milan»ga qarshi bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan, ammo ko‘p o‘tmay qizil kartochka olgan. Shundan keyin Sesk Fabregas uni boshqa o‘yinlarda maydonga tushirmagan.

Alli faoliyati davomida «Everton», «Beshiktash», «Tottenxem» va «MK Dons» klublarida ham to‘p tepgan.

Transfermarkt portali bir paytlar uning transfer qiymatini 100 million yevroga baholagan bo‘lsa, hozirgi qiymati 1 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 08:15, 01.09.2026.
O'qildi: 768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик