Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

Paredes Messining terma jamoadan ketishiga ta’sirli munosabat bildirdi

Paredes Messining terma jamoadan ketishiga ta’sirli munosabat bildirdi

Baho:
+1 | -

«Boka Xuniors» yarim himoyachisi Leandro Paredes Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashiga munosabat bildirdi.

39 yoshli hujumchi 31 avgust, dushanba kuni milliy jamoadagi faoliyatini tugatganini e’lon qildi.

«Men bu xabarga allaqachon tayyorman, deb o‘ylagandim, ammo, albatta, unday emas ekan.

Argentinalik sifatida, terma jamoa muxlisi sifatida, jamoadosh va do‘st sifatida men uchun qilgan barcha ishlaring uchun rahmat.

Sen haqingda, sening merosing, futbolchi sifatidagi buyukliging va, eng avvalo, inson sifatidagi fazilatlaring haqida gap ketganda so‘zlarning o‘zi yetarli emas.

Milliy jamoamizning, sening milliy jamoangning ushbu ajoyib davridagi eng yaxshi lahzalarni sen bilan birga o‘tkazish baxtiga muyassar bo‘ldim.

Seni yaxshi ko‘raman, pakana. Baxtli bo‘l. Mamlakatimiz biz uchun qilgan barcha ishlaring uchun sendan doimo minnatdor bo‘ladi», — dedi Paredes.

Uning so‘zlarini The Touchline keltirdi.

Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urdi va 68 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

U milliy jamoadagi debyutini 2005 yilda o‘tkazgan edi.

Kiritildi: 08:20, 01.09.2026.
O'qildi: 804 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик