«Shalke» yangi Bundesliga mavsumidagi ilk uchrashuvini muvaffaqiyatsiz boshladi. Jamoa «Augsburg»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Biroq ushbu bahs bosniyalik tajribali hujumchi Edin Jeko uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.
40 yoshu 167 kunlik futbolchi uchrashuvning so‘nggi 15 daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, Germaniya chempionatiga 5734 kunlik tanaffusdan so‘ng qaytdi.
Jeko so‘nggi bor Bundesligada 2011 yilda «Volfsburg» safida o‘ynagan edi. Shu tariqa, uning Germaniya chempionatidagi ikki uchrashuvi orasidagi tanaffus Bundesliga tarixidagi yangi rekordga aylandi.
Avvalroq Jeko «Shalke» safida kubok uchrashuvida ham maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Endi «Shalke»ni yanada murakkab sinov kutmoqda. Keyingi turda jamoa o‘z maydonida Myunxenning «Bavariya» klubini qabul qiladi.













