«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik transfer oynasi yopilishi arafasida klub yana yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.
Kataloniyaliklar «Arsenal» hujumchisi Gabriel Jezus transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. 29 yoshli braziliyalik futbolchi allaqachon Barselonaga yetib kelgan va yaqin vaqt ichida shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Matbuot vakillari Flikdan Jezusdan tashqari yana boshqa yangi futbolchilar kutilayaptimi, deb so‘rashdi.
«Menimcha, biz boshqa hech kimni imzolamaymiz», — dedi Flik matbuot anjumanida.
Dushanba kuni «Barselona» La Liga doirasida o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng nemis mutaxassisi Gabriel Jezusning tez orada «Barselona»ga o‘tishini ham tasdiqlagan edi.













