Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Karrager: «Arsenal» — hozir dunyo futbolidagi eng kuchli jamoa bo‘lishi mumkin»

Karrager: «Arsenal» — hozir dunyo futbolidagi eng kuchli jamoa bo‘lishi mumkin»

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Angliya Premyer-ligasining 2-turida «Arsenal»ning «Aston Villa» ustidan qozongan 1:0 hisobidagi g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

Karragerning ta’kidlashicha, «kanonirlar» to‘p ortida juda yaxshi tashkillashgan holda harakat qiladi va bu qanot himoyachilariga ancha erkin o‘ynash imkonini beradi.

«Arsenal» to‘p ortida juda yaxshi tashkillashgan. Bu esa ularning qanot himoyachilariga juda jasur harakat qilish imkonini beradi.

Mikel Artetaning ular bilan ishlashi va qanchalik katta erkinlik berayotgani ajoyib. Doimiy pozisiya almashinuvi — bu ligada boshqa hech bir jamoada ko‘rmayotgan narsamiz», — dedi Karrager.

Sobiq futbolchi Rikkardo Kalafyorining o‘yinini ham alohida e’tirof etdi.

«Hozir Kalafyori ligadagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi degan taassurot bor. U fantastik o‘ynamoqda.

«Aston Villa» qila oladigan yagona ish — imkon qadar uzoq vaqt o‘yinda qolish edi. Chunki ularga qarshi, ehtimol, hozir dunyo futbolidagi eng yaxshi jamoa — «Arsenal» maydonga tushgandi», — dedi Karrager Sky Sports efirida.

Kiritildi: 08:59, 01.09.2026.
O'qildi: 566 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик