Rossiyalik taniqli sobiq hokkeychi Aleksandr Xarlamov o‘z otasi Valeriy Xarlamov va Lionel Messining o‘z sport turlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi haqida fikr bildirdi.
— Lionel Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb ataladi. Uni bir sport rivojiga ta’sir ko‘rsatish nuqtai nazaridan otangiz bilan taqqoslash mumkinmi?
"Siz juda murakkab savol berdingiz. Tayyorgarliksiz bu savolga qanday javob berishni bilmayman.
Agar otamning faoliyati davrini oladigan bo‘lsak, Sovet Ittifoqining har bir klubida juda ko‘plab buyuk xokkeychilar bor edi. Gap faqat SSKA haqida emas, «Spartak», «Krilya Sovetov», «Dinamo», shuningdek, poytaxtda o‘ynamagan boshqa jamoalar haqida ham ketmoqda.
Albatta, Xarlamov, Tretyak, Malsev, Yakushev, Mixaylov, Petrov, Lutchenko va Vasilyev kabi xokkeychilar ular orasidan alohida ajralib turar, klublari va terma jamoasining yetakchilari edi. Ammo, menimcha, xokkeyning shakllanish tarixi zamonaviy futbolnikidan farq qilgan. Bunga Sovet Ittifoqi terma jamoasi sabab bo‘lgan. Ko‘p yillar davomida bu mashinani hech kim to‘xtata olmadi.
Messi esa zamonaviy futbolda o‘ynadi. Albatta, argentinalik futbolchi, Krishtianu Ronaldu va Kilian Mbappe hozir futbolga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Biroq, menimcha, u ko‘proq jahon futboli ommalashuviga ta’sir qildi.
Har qanday sport turidagi buyuk insonlar o‘sha sportni ommalashtirish va rivojlantirish borasida bugungi, hatto kelajak avlodlarga ham ta’sir ko‘rsatadi", — dedi SSKA va SKAning sobiq hujumchisi.













