«Everton» hujumchisi Iliman Ndiaye faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettiradi.
«Shaharliklar» va «Everton» umumiy 65 million funt sterlingga teng transferga kelishib oldi. Bu haqda Fabrisio Romano xabar berdi. Klub futbolchining o‘zi bilan ham shartnoma shartlarini kelishib olgan va Ndiaye tibbiy ko‘rikdan o‘tishga tayyor.
Ben Jeykobsning aniqlik kiritishicha, transfer summasi 60 million funt sterling + 5 million funt bonusdan iborat bo‘ladi.
O‘tgan mavsumda Iliman «Everton» safida APLning 32 ta uchrashuvida 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda esa 2 ta o‘yinda 1 ta assist qayd etdi.













