«Chelsi» yarim himoyachisi Jeymi Bayno-Gittens yaqin vaqt ichida klubni tark etmaydi. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, «ko‘klar»ning futbolchi borasidagi pozisiyasi o‘zgarmagan — uni ijaraga berish rejalashtirilmagan. Shu bois Bayno-Gittens «Stemford Brij»da qolishi kutilmoqda.
Bayno-Gittens o‘tgan yozda «Chelsi» safiga qo‘shilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil iyuni oxiriga qadar mo‘ljallangan.













